Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi 2 dekabr kuni o‘tkaziladi
Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 25 noyabr kuni tegishli qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq, yetmish yettinchi sessiyasi 2022 yil 2 dekabr kuni soat 10:00 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i H.Oqbo‘tayevning “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va belgilanadigan vazifalar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
- viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i S.Hakimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining viloyatdagi ijrosi yuzasidan hisoboti haqida;
- viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Temirovning viloyatda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni o‘z muddatlarida to‘liq va samarali bajarilishi yuzasidan axboroti haqida;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarlik proflaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Yodgorovaning xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyasining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.