Xarris va Tramp o‘rtasidagi debat bo‘lib o‘tdi, Tramp mamlakat holdan toyganini aytmoqda
Tramp munozaradagi yakuniy nutqida Qo‘shma Shtatlarni "holsizlangan millat" deb atadi, Xarris esa mamlakatni dunyodagi eng halokatli armiya bilan ta’minlashga va’da berdi.
Debat chog‘ida sobiq prezident 2020 yilgi saylovlardagi mag‘lubiyatini haligacha tan olmasligini aytib, prezidentlikka kirishgunga qadar Ukrainadagi mojaroga barham berishga yana va’da berdi va Baydenni Putin bilan aloqasi yo‘qligi uchun tanqid qildi.
Xarrisning ta’kidlashicha, dunyo yetakchilari Trampni "masxara qilishi", AQSh harbiy doiralarida esa u "sharmanda" hisoblashi, o‘zi esa Rossiya urush boshlanishidan bir necha kun oldin Zelenskiy bilan uchrashuvda ba’zi razvedka ma’lumotlarini o‘rtoqlashganini aytgan.
Hozircha Xarris yetti shtatning beshtasida Trampdan oldinda. So‘rov natijalariga ko‘ra esa, nomzodlar deyarli tengma-teng, shuning uchun bu bahsdan so‘ng jamoatchilik kayfiyatidagi ozgina o‘zgarish ham ulardan birining g‘alabasiga olib kelishi mumkin.