Xitoy AQShga Gonkong muammosiga “burnini suqmaslikni” maslahat berdi
Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin AQSh davlat departamentidagi hamkasbi Morgan Ortagusga, AQShni Gonkong ishlariga aralashuvi faktlarini berkitishga harakat qilish niyatida, ayblovlar bilan hujum qilishdan ko‘ra, berayotgan bayonotini qayta fikrlab chiqishini maslahat berdi.
Payshanba kuni XXR TIV devonxonasi Gonkongda chiqish qildi va AQShning bosh elchixonasiga, diplomatik missiya xodimlari va Gonkong “mustaqilligi” uchun kurashayotgan tashkilot yetakchilari o‘rtasidagi aloqa tufayli e’tiroz bildirdi. Bu holatni Ortagus izohlab, “amerikalik diplomatlarning shaxsiy ma’lumotlari, ularning rasmlari, farzandlarining ismlari keng ommaga e’lon qilinishi – bu rasmiy e’tiroz emas” deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday ishni zo‘ravon tuzum qiladi. U aynan qayerda amerikalik diplomatlarning shaxsiy ma’lumotlari ommaga e’lon qilinganligiga va bunga kim aybdor ekanligiga aniqlik kiritmadi.
“Davlat departamentining rasmiy vakili, AQShni Xitoyning ichki ishlariga aralashuvi faktini berkitishga urinib, OAVning xabarlarini muhokama qilmasdan va shu bahonada boshqa davlatlar hukumatiga ayblovlar bilan hujum qilmasdan, qorani oq deb, og‘rimagan boshni og‘ritmasdan, avvalo, o‘z bayonoti va harakatlarini qayta fikrlab chiqishi zarur”, - deyilgan Xua Chuninning e’lon qilingan bayonotida.
Xua Chunin Amerika tomonini doimiy ravishda Gonkong ishlariga aralashayotgani tabiiy holatda xitoy xalqining va gonkonglik yurtdoshlarning haddan tashqari g‘azablanishiga sabab bo‘ldi, deb alohida ta’kidladi.