Xitoy: COVID pandemiyasi sababli 2020 yilda yopilgan dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri faoliyati tiklandi

"Dasin" xalqaro aeroporti bugundan boshlab COVID pandemiyasi sababli 2020 yilda to‘xtatilgan xalqaro va mintaqaviy yo‘lovchi qatnovlarini qayta tikladi, Ish barqaror davom etmoqda" deb xabar tarqatgan aeroport ma’muriyati.

Mazkur aeroport yiliga 620 minggacha reysni qabul qila oladi. "Dasin" eng murakkab muhandislik loyihali terminali bo‘lgan dunyodagi eng yirik xalqaro havo markazidir. Aeroport qurilishiga jami 60 milliard dollar sarmoya kiritilgan. Terminalining tomi dunyodagi eng katta po‘lat tom sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, maydoni 25 ta standart futbol maydoniga teng.