Xitoy hukumati: JSST Uxan laboratoriyasida tekshiruv o‘tkazish haqida hech qanaqa so‘rovnoma yubormagan

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyga biron bir laboratoriyada tekshiruv o‘tkazish haqida so‘rovnoma yubormagan. Uxandagi laboratoriyani tekshirish rad etilgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deya ta’kidladi 15 may kuni XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha xalqaro bo‘limning davlat qo‘mitasi ombudsmeni Li Minchju.

COVID-19 infeksiyasi tarqalishni boshlagandan buyon OAV va internet tarmoqlarida kasallik Uxan instituti laboratoriyasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida turli farazlar paydo bo‘lmoqda. O‘shanda institut ochiq murojaat bilan chiqish qildi va laboratoriya atrofida tarqalayotgan gap-so‘zlar yolg‘on ekanligini ta’kidladi.