Xitoy matbuoti AQShga qarshi "xalq urushi" boshlashni taklif etdi
- 25.06.2019 09:36
- 137
- Xorij
Xitoyda chop etiladigan "Global times" gazetasi AQSh hukumatining oxirgi yillarda nafaqat Xitoy iqtisodiyotiga, balki jahon iqtisodiyotiga nisbatan tutayotgan qattiq siyosatiga, AQShda faoliyat olib borayotgan Xitoy kompaniyalariga nisbatan olib borayotgan noxolis munosabatlariga xalq birdamlikda kurashishi kerak degan mazmunda maqola e’lon qildi.
"Biz tushunib yetishimiz kerak: Xitoy aholisi shunday yo‘l tutishi kerakki, toki rasmiy Vashington o‘zining turli tushunarsiz qarorlari bilan Xitoy iqtisodiyotini yengib chiqa olmasligini ham, uni sindirolmasligini ham tushunib yetsin. Buning uchun Xitoy oxirgi imkoniyatlarigacha samarali foydalanishi kerak va aholi ham buni qo‘llab-quvvatlashi kerak", deb yozadi mamlakatdagi kommunistik partiyaga tegishli bo‘lgan nufuzli nashrlardan biri "Jenmin Jibao".