Xitoy oltin qazib oluvchilarni qutqarish uchun mavjud imkoniyatlarni ishga solmoqda
Xitoyning Shandun viloyatidagi oltin konida portlash sodir bo‘lgach, 10 kun mobaynida yer ostida qolib ketgan 12 konchini qutqarishga urinish davom etmoqda. Buning uchun Xitoy 16 ta professional qutqaruv guruhi va o‘nlab tibbiyot xodimlarini jo‘natdi, deb xabar qilmoqda davlat ommaviy axborot vositalari.
10 yanvar kuni Xitoyning sharqiy qirg‘og‘idagi Yantay shahri chegarasidagi Xushan oltin konida sodir bo‘lgan portlashdan keyin 22 nafar konchi qamalib qolgan edi.
Bir hafta o‘tgach, qutqaruv ishlari davom ettirilishiga umid bildirilgan xabar olinganidan keyin kamida 11 kishi tirik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ular bilan yer ostiga yetkazib berilgan suv o‘tkazmaydigan telefon orqali gaplashishga muyassar bo‘lindi, deb xabar berdi Qilu Daily viloyat rasmiy gazetasi.
Qutqaruv guruhi yetakchisi Sun Sichenning jurnalistlarga aytishicha, 80 dan ortiq feldsher, diyetolog, neyroxirurg, travmatolog va psixologlar shay turibdi.
Sodir bo‘lgan voqea tufayli mahalliy hukumat xatti-harakati davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan tanqid qilindi va ikkita yuqori lavozimli mansabdor ishdan bo‘shatildi.