Xitoy parlamenti Gonkongda milliy xavfsizlik ta’minlanishi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
- 30.06.2020 16:20
- 30
- Xorij
Xalq vakillari Umumxitoy yig‘ilishining doimiy qo‘mitasi (XXR yuqori qonunchilik organi) Gonkongda milliy xavfsizlik ta’minlanishi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda 30 iyun kuni The South China Morning Post nashri xabar berdi.
Nashr taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, qonunning birinchi qismi 1 iyul kuni kuchga kiradi. Ushbu kunda Gonkong Buyuk Britaniya tasarrufidan Xitoy suverenitetiga o‘tganligining 23 yilligi nishonlanadi.
Yangi kiritilgan qonunga muvofiq, Xitoy Gonkong ustidan nazoratni oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Yangi qonun tarafdorlari mazkur qonun Xitoy davlatini terrorizmdan va tashqi kuchlarning aralashuvidan saqlashini, shuningdek, milliy xavfsizlikning mustahkamlanishiga yordam berishini e’tirof etmoqda. Biroq AQSh va bir qator Yevropa davlatlari mazkur qonun qabul qilinishiga nisbatan jiddiy tanqidiy fikrlar bildirib kelmoqda.