Xitoyda bir kishi vabodan vafot etganidan so‘ng karantin joriy etildi

Xitoyning Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududida bir kishi vabodan vafot etdi. Bu haqida mahalliy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi xabar berdi.

 Ayni vaqtda, kasallangan bilan muloqotda bo‘lgan 35 kishi karantinga olingan. Kasallik qayd etilgan hududda yuqori epidemiologik xavf holati joriy etilgan. Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, yuqori xavf holati yilning oxiriga qadar saqlanib qoladi.

Ushbu hududdagi mahalliy aholi tomonidan sug‘ur va boshqa kemiruvchilar go‘shtini iste’mol qilish kasallik paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.