Xitoyda dunyodagi eng uzun, shishadan tayyorlangan osma ko‘prik barpo etildi
- 09.09.2020 07:56
- 449
- Xorij
Xitoyning Guandun provinsiyasida joylashgan tabiatni muhofaza qilish hududida, Lyanszyan daryosi ustida butunlay shishadan tayyorlangan yangi osma ko‘prik paydo bo‘ldi. U shu toifadagi dunyodagi eng uzun ko‘prik sifatida rasman Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
Ko‘prikning uzunligi 526 metr, yerdan 201 metr balandlikda qurilgan. Shisha oynaning qalinligi 4,5 sentimetr bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 ta odamni ko‘tarishga qodir, deb yozmoqda Dezeen agentligi.
Shishadan tayyorlangan qurilma ikkita metall ustunga biriktirilgan qalin troslar bilan ushlab turiladi. Bundan tashqari ko‘prikda eni 9 metr bo‘lgan tomosha qilish maydonchalari mavjud.
Ko‘prik Xitoyning Architectural Design arxitektura studiyasi va Chjeszyan universiteti mutaxassislari tomonidan loyihalashtirildi va qurildi.