Xitoyda qulab tushgan ko‘p qavatli bino ostida o‘nlab odamlar bo‘lishi mumkin
- 01.05.2022 12:54
- 128
- Xorij

Fojia juma kuni mamlakatning markaziy qismidagi Changsha shahrida sodir bo‘lgan. Ya’ni, sakkiz qavatli turar-joy binosi qulab tushgan. Binoda, shuningdek, do‘kon, mehmonxona, kinoteatr joylashgan.
Qulash sabablari o‘rganilmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, aholi tuzilmaga ruxsatsiz o‘zgartirishlar kiritgan. Uy egasi hibsga olingan.
Qidiruv operatsiyasi olib borilmoqda, unda 700 ga yaqin favqulodda vaziyatlar xodimlari ishtirok etmoqda. Hozircha besh kishi qutqarilgan. Ular kasalxonada. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand