Xitoyda so‘nggi kecha-kunduzda koronavirus bilan kasallanish holati bor yo‘g‘i uch nafarni tashkil etdi

80 nafar bemor sog‘aydi, o‘lim holati qayd etilmadi, deyilgan Xitoyning Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi bergan ma’lumotida.

Ta’kidlanishicha, uch nafar yangi aniqlangan kasallarning ikki nafari xorijdan kelgan, yana bir nafari mamlakat ichida bo‘lgan bemorda qayd etilgan. Umumiy hisobda 1636 nafar xorijdan kirib kelgan odamlarda kasallik aniqlangan. Ulardan 627 nafari davolanishda davom etmoqda, 22 nafarining ahvoli og‘ir baholanmoqda. 1009 nafar xorijdan kirib kelgan fuqarolar tuzalgan, xorijdan kelganlar orasida o‘lim holati qayd etilmagan.

“Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi mamlakatning 31 ta hududidan (viloyatlar, shaharlar va hokazo) umumiy hisobda 82830 nafar kasallik qayd etilgani to‘g‘risida ma’lumot oldi. Ayni vaqtda kasallanganlarning umumiy soni 723 nafarni tashkil etmoqda. 52 nafar bemorning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Umumiy hisobda 77474 nafar bemor sog‘aygan va 4633 nafar bemor vafot etgan (Pekinda yana bir nafar bemor vafot etgan +1)”, deyiladi xabarda.