Xitoyda yo‘lovchi kemasi ag‘darildi, qurbonlar bor
- 19.09.2021 15:53
- 71
- Xorij

Kecha, 18 sentyabr kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Guychjou provinsiyasida yo‘lovchi kemasi ag‘darilib, 8 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar beradi Lyupanshuy hukumati.
Voqea shanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:50 da (Toshkent vaqti bilan 13:50) sodir bo‘lgan. 40 kishini tashishga mo‘ljallangan kema Luji maxsus tumanidagi Szanke daryosida ag‘darildi.
Bugun soat 08:10 (Toshkent vaqti bilan 05:10) holatiga ko‘ra, 31 kishi qutqarildi.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, mahalliy huquq-tartibot idoralari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Teglar:
Xitoy
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandlik tadbirkorlar nega qamaldi?
- Kecha, 22:24
- Jinoyat va jazo
Ular - hunarmand, tadbirkor, lider
- Kecha, 21:57
- Jamiyat
Biz YUNESKO tanlovida qatnashyapmiz
- Kecha, 18:01
- Samarqand
“Biz ana shunday do‘stmiz”
- Kecha, 17:59
- Mutolaa