Xitoydagi o‘zbekistonlik yoshlar ahvoli haqida ma’lumotlar olindi
- 30.01.2020 09:30
- 477
- Xorij

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan ayni kunlarda Xitoyda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yoshlar ahvoli haqida ma’lumotlar oldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjud bo‘lib, ular bilan mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma’murlari tomonidan doimiy muloqot olib borilmoqda.
O‘zbekistonlik talabalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda nega “karmashka” yo‘q?
- 10 daqiqa avval
- Samarqand
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- Kecha, 18:13
- Iqtisodiyot
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- 19/04, 21:47
- Mutolaa