Xitoylik ayrim amaldorlarning yaqinlari xorijdagi mulklarini sota boshladi: Yangi qonun amaldorlarning chetdan mulk olishini taqiqlaydi
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, tez orada Xitoy Kommunistik partiyasi oila a’zolari xorijda yirik mol-mulkka ega bo‘lgan amaldorlarning lavozimi ko‘tarilishini to‘xtatib qo‘yadi.
Shuningdek, The Wall Street Journal nashri Xitoydagi mansabdorlar, ularning turmush o‘rtoqlari va farzandlariga xorij banklarida zarur sabablarsiz (masalan, ishlash yoki o‘qish) hisobraqam ochish mumkin emasligini yozgan.
Ba’zi yuqori lavozimli amaldorlarning oila a’zolari hujjat talablariga muvofiq bo‘lish uchun xorij kompaniyalaridagi aksiyalarini sota boshlagan.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat xitoylik amaldorlar va ularning qarindoshlariga G‘arb davlatlari tomonidan sanksiyalar kiritgan taqdirda paydo bo‘ladigan xatarni kamaytirish maqsadida prezident Si Szinpin tomonidan qabul qilingan, deb yozadi.
«Rahbar kadrlar, ayniqsa, yuqori lavozimdagilar oilaviy intizom va axloq qoidalariga e’tibor qaratishlari lozim. Ular o‘rnak ko‘rsatishi, mas’uliyatli bo‘lishi va ishini halol bajarishi kerak», degandi Si Szinpin shu yilning yanvarida.