Xitoylik mutaxassislar COVID-19ni Sharq tabobati imkoniyatlari yordamida bartaraf etish bo‘yicha fikr bildirdi
Ayni kunlarda mamlakatimizda bo‘lib turgan xitoylik bir guruh tibbiyot ekspertlari guruhi rahbari Lou Lishan Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi direktori S.Qoriyev bilan uchrashdi.
Ular COVID-19 virusini Sharq tabobati hamda farmatsevtika sohasining keng imkoniyatlari yordamida bartaraf etishda hamkorlik qilish borasida fikr almashdi.
Shu kuni xorijlik mutaxassislar videokonferensiya orqali og‘ir ahvolda yotgan bemorlarni davolayotgan shifokorlarga tibbiy maslahat va tavsiyalar berishdi.
Xitoylik tibbiyotchilarning Farg‘ona vodiysidagi boshqa bir guruhi Andijon viloyatining koronavirusga qarshi kurashayotgan yuzdan ziyod shifokorlariga ma’ruza o‘qish bilan birga 30 dan ziyod poliklinikalarning vrachlari bilan onlayn tarzda suhbatlashdi. Shuningdek, ular yangidan bunyod etilayotgan zamonaviy modul shifoxonasining qurilish ishlari bilan tanishib va o‘z maslahatlarini berishdi.