Xorazmda is gazidan bir oilaning to‘rt a’zosi vafot etdi
- 24.10.2019 10:12
- 138
- Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Xorazm viloyatida ommaviy zaharlanish yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yil 22 oktyabr kuni soat 22.00da Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.G‘. (1974 yilda tug‘ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor) turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari qo‘lbola isitish pechini yonida uxlab qolib, xona ichiga tarqalgan is gazidan zaharlanib vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
is gazi