Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Erondagi zilzilalar maxfiy yadro sinovlari bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Ko‘rfaz urushi ortidan neft narxi keskin oshishi mumkin

🔹 Eron va Isroil o‘rtasidagi keskin vaziyat fonida Tehron yashirincha yer osti yadro sinovlarini o‘tkazgani haqida xabarlar tarqala boshladi. Bu haqdagi taxminlar 5 oktyabr kuni Eronda sodir bo‘lgan 4 magnitudali zilziladan so‘ng tarqala boshladi. Zilzila Turkmanistonga ham ta’sir qilgan. Dunyoning yetakchi davlatlarining razvedka xizmatlari hozircha buni tasdiqlamadi. Aksincha, ular Eronda yadroviy bomba borligini inkor etadi.

🔹 Janubiy Koreya KXDR o‘z harbiylarini Rossiya tomonga madad sifatida Ukrainaga yuborishi mumkin. Kiyevning aytishicha, ayrimlar harbiylar allaqachon urush chizig‘iga yetib borgan. Seulning eslatishicha, Moskva va Pxenyan o‘rtasida iyun oyida Putin va Kim Chen In imzolagan o‘zaro mudofaa shartnomasi bor. 3 oktyabr kuni Donetsk yaqinida raketa hujumi oqibatida Shimoliy Koreyaning olti nafar zobiti halok bo‘lgani va uch nafari yaralangani haqida xabar berilgan.

🔹 AQSh Anqaraning Rossiya bilan davom etayotgan iqtisodiy va savdo hamkorligi tufayli Turkiyani SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan uzib qo‘yish va dollardagi operatsiyalarni cheklash imkoniyatlarini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

🔹 AQSh vitse-prezidenti, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris Ukraina ishtirokisiz Vladimir Putin bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishdan bosh tortdi.

🔹 Kiyev va uning G‘arbdagi ittifoqchilari sekin-asta Ukraina Rossiya bilan muzokara boshlashi va yo‘qotgan hududlardan voz kechishi kerak, degan tushunchaga kelayapti. Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi yozadi. Biroq, Kiyev bunday muzokarani qo‘llab-quvvatlamayapti», - deya ta’kidlaydi nashr xodimlari.

🔹 Ganada maymunchechak avj olmoqda. 33 million aholiga ega mamlakatda 230 ta infeksiya holati qayd etilgan.

🔹 Donald Tramp mamlakatdagi tabiiy ofat sharoitida Kiyevga yordam berish uchun Vashingtonning salkam 300 milliard dollar ajratganini tanqid qildi. Biroq Isroilni qo‘llab-quvvatlash borasidagi fikrlaridan qaytgani yo‘q.

🔹 Rossiyada qonunchilikning keskinlashuvi fonida migrantlar taqchilligi kuchaymoqda. Muhojir mehnatidan foydalanadigan Rossiya kompaniyalarining yarmidan ko‘pi chet ellik ishchilarni yetarli miqdorda yollay olmaydi.

🔹 Falastinning HAMAS radikal harakati Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvar tirik va uzoq sukutdan keyin aloqaga chiqdi. Sinvar so‘nggi kunlarda Qatardagi HAMAS vakillari bilan aloqalarni tiklagan va ularga xabarlar yetkazgan.

🔹 Isroil armiyasi Livandan mamlakat shimoliy hududlariga 85 ga yaqin snaryadlar otilganini qayd etgan.