AQSh-Rossiya muzokaralarining ikkinchi bosqichi. Foydali qazilmalar to‘g‘risida bitim: Zelenskiy savdolashuvi. Kasparov ish qidirmoqda

🔹 Rossiya delegatsiyasi AQShning Istanbuldagi bosh konsuli qarorgohiga yetib keldi, u yerda ikki davlat elchixonalari faoliyatiga bag‘ishlangan ikkinchi uchrashuv o‘tadi. Muzokaralar besh-olti soat davom etishi kutilmoqda. Birinchi uchrashuvi 18 fevralda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan edi. Ukraina prezidenti Zelenskiy ularni tan olmadi.

🔹 Tramp Zelenskiy ertaga, 28 fevral kuni Vashingtonga kelishini tasdiqladi. Prezidentlar Ukrainada nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashi kutilmoqda. Zelenskiy agar xavfsizlik kafolatlari bo‘lmasa, AQSh bilan mineral qazib olish bo‘yicha ikkinchi kelishuvni imzolamoqchi emas.

🔹 Qirg‘iziston parlamentining olti qo‘mitasi Tojikiston bilan chegara shartnomasini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, avtomobil yo‘llarini birgalikda qurish loyihasi, suv xo‘jaligi va energetika ob’yektlariga oid masalalar muhokama qilingan.

🔹 Donald Tramp ma’muriyati AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan tuzilgan tashqi yordam shartnomalarining 90 foizdan ortig‘ini va Vashingtonning dunyo bo‘ylab 60 milliard dollarga yaqin yordamini bekor qilishga qaror qildi.

🔹 Livanning bir palatali parlamenti Bosh vazir Navaf Salam boshchiligidagi mamlakatning yangi hukumatiga ishonch ovozini berdi.

🔹 Rossiya va AQSh Arktika resurslarini birgalikda ishlab chiqishni muhokama qilmoqda.

🔹 Kongoda 53 kishining hayotiga zomin bo‘lgan noaniq infeksiya epidemiyasi qayd etilgan. Kasallikning belgilari orasida isitma, varaja, bosh og‘rig‘i va bo‘g‘im og‘riqlari bor.

🔹 Tramp ilgari Bayden bergan Venesueladan neft tashish ruxsatini bekor qildi.

🔹 Yaponiyada tug‘ilish darajasi 2024 yilda rekord darajaga tushgan. Mamlakatda bir yilda atigi 720988 nafar bola tug‘ilgan.

🔹 Xitoyda maktab oshxonalarining deyarli 99 foizi videokuzatuv qamragan. Bu taom tayyorlash jarayoni, gigiyenani va xavfsizlikni kuzatish imkonini beradi.

🔹 Shanxay metrosi har qanday miqdordagi bolalarni bepul tashish imkonini yaratdi.

🔹 Garri Kasparov hayotning yutuqli o‘yinlari ba’zan kutilmagan "mot" bilan tugashini tan olganga o‘xshaydi. U "ot yurish"ni amalga oshirdi, ammo shaxmat taxtasida emas, balki mehnat bozorida. USAID moliyaviy "kran"ni yopgach, sobiq jahon chempioni Amerikaning indeed.com portalida shaxmat bo‘yicha individual saboqlarni taklif qilgan rezyumesini joylashtirdi.

G.Xoldorova tayyorladi.