Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Kaspiy dengizining Qozog‘iston qirg‘og‘ida tyulenlarning ommaviy nobud bo‘lishi davom etmoqda
🔹 Yevropa suv osti kabellariga yetkazilgan zararni tekshirmoqda: Xitoy shubha ostida. Ketma-ket uchinchi kun Shvetsiya, Finlyandiya, Litva va Germaniya Boltiq dengizidagi ikkita optik tolali suv osti kabeli shikastlanishini tekshirmoqda. Voqea joyida yuk tashuvchi kemasining harakati qayd etilgani uchun asosiy guvonlanuvchi sifatida Xitoy ko‘rilmoqda.
🔹 Tramp yaqinda joriy ma’muriyatning Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalari bilan zarba berishga ruxsat etilgani haqidagi qarori fonida Rossiya – Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarini boshlashi mumkin, deb yozadi Bloomberg.
🔹 Vladimir Zelenskiy agar AQSh harbiy yordami to‘xtatilsa, Ukraina mojaroda mag‘lubiyatga uchrashini tan oldi. "Agar yordam to‘xtatilsa, biz yutqazamiz, deb o‘ylayman. Albatta, biz hali ham kurashamiz, lekin g‘alaba qozonish va omon qolish uchun bu yetarli emas", dedi u 19 noyabr kuni Fox News telekanaliga. Ukraina Qurolli Kuchlari Amerikada ishlab chiqarilgan va Bayden Rossiyaga chuqur zarba berishga ruxsat bergan 50 ga yaqin ATACMS raketalariga ega.
🔹 Yevropa yana norozilik to‘lqiniga duchor bo‘ldi. Fermerlar ish tashlashmoqda. Inglizlar meros solig‘iga qarshi, fransuzlar esa Lotin Amerikasidan arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xohlamaydi.
🔹 Putin muzokaralarga tayyor, biroq “hududiy imtiyozlarga” bormaydi. Bu haqda "Reuters"da aytiladi. Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishga ochiqligini, biroq har qanday “katta hududiy imtiyozlar” ehtimolini istisno qilishini va Ukraina NATOga qo‘shilish g‘oyasidan voz kechishini ta’kidlamoqda.
🔹 Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi ziddiyat tufayli yarim milliondan ortiq odam Livanni tark etgan. Qochqinlarning 63 foizi suriyalik, qolgan 37 foizi livanliklardir.
🔹 Vashingtonning Tayvanga so‘nggi qurol-yarog‘ savdosiga javoban Pekin noyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan mudofaa vazirlari yig‘ilishini o‘tkazish taklifini rad etdi. Vashington NASAMS havo mudofaa tizimi va radar stansiyalarini Tayvanga taxminan 2 milliard dollarga sotish haqida qaror qabul qilgan.
🔹 Rossiyaning Kursk viloyatida Shimoliy Koreyaning 10 900 havo-desant va dengiz qo‘shinlari joylashgan. Bu harbiylarning bir qismi allaqachon Ukraina hududidagi jangovar harakatlarda qatnashmoqda, deb xabar beradi Janubiy Koreya parlamenti razvedka qo‘mitasi vakili.
🔹 AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Medicare va Medicaid federal sog‘liqni saqlash xizmatlari rahbari lavozimiga turk millatiga mansub doktor Mehmet Oz nomzodini ilgari surgan. Shuningdek, Tramp o‘z ma’muriyatida savdo vaziri lavozimiga amerikalik milliarder Xovard Lutnik nomzodini qo‘llagan.
🔹 BBC: Rio-de-Janeyroda yakunlangan G20 sammitida davlat yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qilib, unda Ukrainada "keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlik" o‘rnatishga chaqirishdi
🔹 Tbilisida vaziyat keskinligicha qolmoqda. Huquq-tartibot xodimlari Chavchavadze prospektidagi namoyishchilarni siqib chiqarishgan. 26 oktyabrda o‘tgan muxolifat parlament saylovlari natijalariga qarshi Tbilisi davlat universiteti binosi oldidagi hududda miting o‘tkazgan yuzlab fuqarolar tun bo‘yi qolgan.
🔹 Germaniya kansleri Shols qanotli raketalarning Ukrainaga berilishini xato deb bilishini va ularni yetkazib berish niyatida emasligini aytdi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on, shuningdek, Rossiya hududiga raketa zarbalariga ruxsat berishga qarshi chiqdi va “bu dunyoni yangi urush yoqasiga olib kelishi mumkinligini” aytgan.
🔹 So‘nggi haftalarda Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida tyulenlarning ommaviy nobud bo‘lishi (2 mingdan ziyod) qayd etilgan.f