Xorijda faoliyat yuritayotgan samarqandliklar soni qancha?
- 01.11.2020 15:50
- 429
- O‘zbekiston
Bugungi kunda viloyat aholisining 252 ming 33 nafari yoki 6,6 foizi xorijda ishlamoqda. Shundan, 7 699 nafari rasmiy (4,3 foiz), 170 822 nafari norasmiy (95,7 foiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularning 74 ming 15 nafari (29 foiz)ni ayollar, 178 ming 18 nafari (71 foiz)ni erkaklar, 76 ming 908 nafarni 16-30 yoshdagilar (30 foiz) tashkil etadi.
Mehnat migrantlarining asosiy qismi Rossiya (64 foiz), Qozog‘iston (14,6 foiz), Turkiya (8,9 foiz), Janubiy Koreya (2 foiz) va boshqa (10,5 foiz) davlatlarga to‘g‘ri keladi.
Xorijga ishlashga ketgan migrantlarning asosiy qismi, ya’ni 150 ming 967 nafari qurilishda (59,9 foiz), 34 ming 24 nafari sanoat korxonalarida (13,5 foiz), 24 ming 195 nafari qishloq xo‘jaligi korxonalarida (9,6 foiz), 42 ming 845 nafari esa boshqa yo‘nalishlarda (17 foiz) ish bilan band.
Samarqand viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa