Xotin-qizlar qo‘mitasi kafil bo‘lgan qiz takroran o‘g‘irlikka qo‘l urdi
Xovos tumani xotin-qizlar qo‘mitasining kafilligi asosida 21 yoshli, turmushga chiqmagan Sh.Xamidovaga (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) sodir etgan o‘g‘irlik jinoyati uchun sud tomonidan 2019 yil 22 mayda yengillik berilgan edi.
Sh.Xamidova ushbu holatdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, xotin-qizlar qo‘mitasining ishonchini oqlamasdan, bir oy vaqt o‘tib, ya’ni 2019 yil 27 iyun kuni soat 20:45 atrofida yana o‘g‘irlik jinoyatini sodir etdi. U Xovos tumani Farhod mahallasi, Adolat ko‘chasida yashovchi R.Ecanovaning uyiga g‘ayriqonuniy kirib, shkafda turgan bir dona 70.000 so‘mlik kumush uzugi va uch dona 900.000 so‘mlik tilla uzuklarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining 2019 yil 6 avgustdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan, JKning 57, 60-moddalariga asosan Sh.Xamidovaga 2 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
B.MAMADAMINOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tumani sudi sudyasi.