Xususiy bandlik agentliklari fuqarolardan qariyb 79,1 milliard so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olgan

Xususiy bandlik agentliklari 9338 nafar fuqarodan qariyb 79,1 milliard so‘mni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olgan. Bu haqda AOKA zalida bo‘lib o‘tgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilari ma’lum qildi:

Shuningdek, vazirlikning reyestridan 104 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 75 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziya berilgan.
O‘tgan davr mobaynida 55 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilinib, ularning soni bugungi kunda 20 tani tashkil etmoqda.
Hozirda 11 ta XBAning 51 nafar rahbar va mas’ul xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.