Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasiga raisi saylandi

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati birlashgan qo‘mitasining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Shuhrat Dehqonov, tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis Mahliyo Xolboyeva, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Suhrob Rafikov, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshev va boshqalar ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibida O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat birlashgan qo‘mitasini tashkil etish, qo‘mita tarkibini, birlashgan qo‘mita raisi va rais o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Konferensiyada 11 nafar rayosat a’zolari saylab olindi. Shundan so‘ng tashkiliy masala ko‘rildi. Shu paytgacha O‘zbekiston iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimida ishlab kelgan Jo‘shqin Ochilov O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi lavozimiga, raisi o‘rinbosari lavozimiga Abbos Hazratqulov saylandi.