Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
- 31.05.2021 12:18
- 15
- O‘zbekiston
2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda jami 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 foizni tashkil etdi, deya xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 trln. 268,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3 foizga teng.
Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28 trln. 271,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7 foizga teng.
Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6 trln. 938,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17 trln. 736,7 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
NNTlar bu yil yanada faolroq bo‘lishi kerak
- 2 soat avval
- Samarqand
Omonatga xiyonat
- 2 soat avval
- Mutolaa
Infografika: Dunyodagi eng baland binolar
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!