Yaponiya maktablarining birida koronavirus o‘chog‘i aniqlandi
- 02.06.2020 16:15
- 256
- COVID-19
Yaponiyaning Kitakyusyu shahri ma’muriyati boshlang‘ich maktablarning birida koronavirus o‘chog‘i aniqlanganligi to‘g‘risida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.
So‘nggi to‘qqiz kun mobaynida shaharda 97 nafar koronavirus holati aniqlangan. Mazkur ko‘rsatkich mamlakatda favqulodda vaziyat e’lon qilinganidan buyon shaharda so‘nggi bir yarim oyda qayd etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p. Kasallangan maktab o‘quvchilari soni to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilmadi.
Juma kuni Kitakyusyu meri shaharda koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Shu sababli 31 maydan 18 iyunga qadar shahardagi turli tashkilotlar faoliyati to‘xtatildi. Xususan, kutubxona, muzey, teatr, boshlang‘ich va o‘rta maktablar yopilgan.
Teglar:
Япония
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa