Yaponiya raketa uchirilishi yuzasidan Shimoliy Koreyaga protest yubordi

"Harakatlar xalqaro hamjamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdiddir va mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Biz allaqachon Shimoliy Koreyaga o‘z keskin noroziligimizni jo‘natdik", deya Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida rahbarining so‘zlarini keltiradi agentlik.

Kisida, shuningdek, Tokio “ma’lumot to‘plash bo‘yicha AQSh va Janubiy Koreya bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish” niyatida ekanini ta’kidladi.

“Yurtimiz tinchligi va xavfsizligini saqlash uchun bor kuch-g‘ayratimni ishga solish niyatidaman”, deya qo‘shimcha qildi u.

Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari Shimoliy Koreya kamida ikkita nuqtadan Yapon dengizi tomon sakkizta qisqa masofali ballistik raketa uchirgani haqida xabar berdi.

Bu KXDRning yil boshidan beri o‘tkazgan 18-raketa sinovi bo‘ldi, MBR, suv osti kemalariga mo‘ljallangan ballistik raketa, kosmik sun’iy yo‘ldosh tizimlari va yadro qurollari uchun yangi taktik tizim shular jumlasidan. Oxirgi marta may oyida KXDR 25 may kuni ertalab Yapon dengizi tomon uchta ballistik raketa uchirdi. Raketalarning birinchisi qit’alararo ballistik raketa bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.