Yaponiyada favqulodda vaziyat holati mamlakat bo‘ylab bekor qilindi

Yaponiyada koronavirus infeksiyasining tarqalishi xavfi tufayli joriy etilgan favqulodda vaziyat holati mamlakat bo‘ylab bekor qilindi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bayonot berdi.

“Men bugun favqulotda vaziyat holatini bekor qildim”, dedi bosh vazir 25 may kuni Tokioda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Yaponiyada joriy etilgan favqulodda vaziyat holati dastlab mamlakatning barcha 47 hududida o‘rnatilgan edi. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganidan so‘ng cheklovlar 42 hududda bekor qilindi. Ushbu holat mamlakatning Tokio, Kanagava, Saytama, Tiba va Xokkaydo viloyatlarida 25 mayga qadar davom etdi.