Yaponiyada tarixda birinchi marta elektr taqchilligi haqida ogohlantirish berildi: mamlakatda tabiiy ofatlar ro‘y bermoqda
O‘tgan hafta ro‘y bergan zilzila oqibatida bir nechta elektr stansiyasi yopib qo‘yilgach mamlakat elektr ta’minoti taqchilligi haqida birinchi marta ogohlantirdi. Vaziyat Tokyo Electric Power Co ishiga ta’sir etgan texnik muammolar bilan yanada jiddiylashmoqda.
Chorshanba kuni Yaponiyaning shimoli-sharqida sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila uskunalarni vayron qildi va oltita issiqlik elektr stansiyasini yopilishiga sabab bo‘ldi. Sanoat vaziri Koiti Xagiuda parlamentga ushbu zavodlar ishlay boshlashi uchun haftalar yoki oylar ketishi mumkinligini aytdi.
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi Tokyo Electric (Tepco) i Tohoku Electric Power Co kompaniyalari xizmat ko‘rsatadigan hududlarni qor yog‘ishi va harorat tushib ketishi tufayli isitish vositalariga talab ortishi haqida ogohlantirdi va fuqarolarni energiya sarfini tejashga chaqirdi.