Yaponiyada zilzila ro‘y berdi, aholini sunami xavfidan ogohlantirishmoqda
- 10.05.2019 09:08
- 91
- Xorij

Bugun tongda Yaponiyada zilzila ro‘y berdi. Uning kuchi 6.3 ballga teng bo‘ldi.
Zilzila o‘chog‘i Kyusyu orolining janubiy-sharqida, 20 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila sodir bo‘lgandan Yaponiya telekanallarini aholini ehtimoliy sunami sodir bo‘lishidan ogohlantirgan.
Yaponiya OAV xabarlariga ko‘ra, hali zilziladan jabr ko‘rganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuningdek, hech kim qutqaruv xizmatlariga yordam so‘rab murojaat qilmagan.
Shuningdek, zilzila Kyusyu orolida joylashgan Kyushu Electric Power elektr kompaniyasiga tegishli AESlarga jiddiy talofot yetkazmagan va ular odatdagi tartibda ishini davom ettirmoqda.
Teglar:
Япония
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- 2 soat avval
- Jamiyat
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashiladi
- 3 soat avval
- Jamiyat