Yaponiyalik mutaxassislar COVID-19 ni uchinchi to‘lqini haqida ogohlantirdi

Yaponiyaning yuqumli kasalliklar mutaxassislari ilmiy kengashi ayni vaqtda Yaponiyada koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini yuqori nuqtaga yetganini ta’kidladilar. Bu haqda 19 avgust kuni Tokioda boshlangan ilmiy kengash yig‘ilishida ma’lum qilindi.

“Ayni vaqtda biz ikkinchi to‘lqinning markazida turibmiz. Voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish o‘ta muhim. Mamlakat ham, Tokio ham kasallanishni yuqori nuqtasidan o‘tmoqda, biroq o‘sish soni ortmasligini kuzatish zarur. Taxminlarga ko‘ra, keyinchalik uchinchi va to‘rtinchi to‘lqinlarga navbat keladi, biz koronavirus sharoitida yashashga ko‘nikishimizga to‘g‘ri keladi”, - dedi ilmiy kengash rahbari Kadzuxiro Tatedi.

Bugungi kunga qadar kunchiqar mamlakatda jami 58.5 mingga yaqin koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etildi. Umumiy hisobda 1148 nafar bemor vafot etdi, 43 mingga yaqin bemor sog‘aydi.