Yaponiyaliklar dengiz suvida qisqa muddatda parchalanadigan plastik xaltalar ishlab chiqardi
- 27.07.2020 22:50
- 63
- Xorij
Yaponiyaning Mitsubishi Chemical kompaniyasi dengiz suvida qisqa muddatda parchalanadigan plastik xaltalar ishlab chiqardi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Ushbu xaltalar maxsus xomashyodan tayyorlangan bo‘lib, ko‘rinishidan oddiy plastik xaltadan farq qilmaydi.
Ayni vaqtda kompaniya ushbu xaltalarni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bir dona xaltaning narxi, o‘lchamiga qarab 12 iyendan 50 iyengacha (11-40 sent) bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ushbu narxlar oddiy plastik xalta narxlaridan olti barobar yuqori.
Shunga qaramasdan, Mitsubishi Chemical kompaniyasidagilar ularning mahsuloti dengiz va okeanlar ifloslanishiga qarshi kurashda yordam berishiga umid qilmoqda.
Teglar:
Япония
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa