Yaqin Sharqdagi ziddiyat: Qurbonlar, yaralanganlar soni ortmoqda

7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS harakati Isroilga hujum qildi. Oqibatda Yaqin Sharqda yangi urush boshlandi, yuzlab odamlar halok bo‘ldi, mingdan ziyod aholi yaralandi.

"O‘tgan shanba kuni ertalab Isroilda havo hujumi sirenalari jarangladi. G‘azo sektoridan raketa otishlariga anchadan beri o‘rganib qolgan isroilliklar istar-istamas bomba boshpanalariga yo‘l olishdi. Shu kuni HAMAS tashkiloti Isroilga minglab raketalar bilan hujum qildi, bir vaqtning o‘zida o‘nlab jangarilar G‘azo va Isroil o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tdi. Ular Isroilning G‘azo chegarasidagi shaharlariga kirib, aholi va harbiy xizmatchilarni garovga olishdi", deb ma’lum qiladi "Meduza".

Yaqin Sharqdagi yangi urushning dastlabki ikki kunida 700 dan ortiq isroillik, jumladan, bolalar halok bo‘lgan. Kamida 100 kishi garovga olingan va G‘azoga olib ketilgan.

Yakshanba kuni tushdan keyin Tel-Aviv ko‘chalari deyarli bo‘shab qoldi. Aksariyat kafelar yopiq, do‘konlar ochiq. Shahar markazidagi Dizengoff maydonida ko‘ngillilar jabrlanganlar uchun insonparvarlik yordamini yig‘ishmoqda.

Tel-Avivga janubdan kiraverishdagi 4-sonli magistral yo‘lda ulkan tirbandlik yuzaga keldi. Bu yo‘l G‘azoning o‘zidan keladi va 7 oktyabr kuni katta raketa otishmalariga uchragan Ashkelon shahridan o‘tadi.

HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu uchun “eng og‘ir qaror” bo‘lishi aytilmoqda. Netanyaxu anchadan buyon SAXAL (Isroil mudofaa kuchlari) askari Gilad Shalitni almashish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. U bu askarni ozod qilish uchun Isroil mingdan ortiq falastinlik mahbuslarni qamoqdan ozod qilishga rozi bo‘lgan.

Isroil armiyasi va hukumati ommaviy bayonotlarni minimallashtirdi. Bosh vazir Netanyaxu "bu qora kun uchun HAMASdan o‘ch olishga" va’da berdi va mamlakat urush holatida ekanligini e’lon qildi. Bu 1973 yilgi "Qiyomat qoyim" urushidan keyin birinchi marta sodir bo‘ldi. Mudofaa vazirligi yuz minglab zaxiradagi askarlarni chaqirdi; safarbar qilinganlar orasida Rossiya, Ukraina va Belarusdan kelgan yangi repatriantlar ham bor.

Avvalroq Isroil hukumati amalga oshirayotgan sud-huquq islohotiga rozi bo‘lmagan mingdan ortiq zaxiradagi askar va zobitlar harbiy mashg‘ulotlarda qatnashmasliklarini ma’lum qilgan edi. Zaxiradagi askarlarning norozilik harakati «Axim be-neshek» (quroldosh birodarlar) iyul oyida hukumatni islohot davom etsa, harbiy tayyorgarlik 10 000 isroillik zaxiradagi askarlar rad etishga tayyorligi haqida ogohlantirgan edi. Biroq, HAMAS hujumi paytida isroillik harbiylar SAXAL qo‘mondonlarining buyrug‘ini bajarishdan bosh tortmadi.

Siyosiy muxolifat hukumatni hozircha ochiq tanqid qilgani yo‘q. 7 oktyabr kuni Netanyaxu eng yirik muxolifat partiyalari rahbarlari Yair Lapid va Benni Gansni milliy birlik hukumatiga qo‘shilishga taklif qildi. Unda HAMAS bilan urush davrida xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanishi kutilmoqda.

Yakshanba kuni SAXAL matbuot kotibi Daniel Hagarining aytishicha, Isroil armiyasi Isroil janubidagi aksariyat hududlarni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq mamlakat janubidagi kibbuts (kichik qishloq xo‘jaligi aholi punktlari) lardan evakuatsiya qilish davom etmoqda.

HAMAS 100 dan ortiq Isroil fuqarosini, jumladan, yuqori martabali zobitlarni asirga olganini aytdi. Isroil harbiylarining ma’lum qilishicha, o‘tgan oqshomda havo hujumlari orqali G‘azo sektoridagi 500 dan ortiq HAMAS va “Islomiy jihod” ob’yektlariga zarba berilgan.

Gulnora Xoldorova tayyorladi.