«Yil talabasi – 2022» respublika ko‘rik-tanlov g‘oliblari kimlar bo‘ldi?

Shu yilning 24-25 yanvar kunlari tanlovning yakuniy bosqichi onlayn tarzda, Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Yakuniy bosqichda ishtirok etgan nomzodlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan xolislik va shaffoflik asosida baholandi.

«Yil talabasi-2022» respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing. Ular orasida samarqandlik talabalar ham talay.

Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi:
1-o‘rin: Shoxabbos Salomov — ADTI talabasi
2-o‘rin: Saidmuhammad Ibodullayev — SamDU talabasi
3-o‘rin: Mirshod Tursunov — BuxDU talabasi

Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi:
1-o‘rin: Marjona Jo‘raqulova — ShDPI talabasi
2-o‘rin: Sarvinoz Odiljonova — ADChTI talabasi
3-o‘rin: Mehroj Isayev — SamDU talabasi

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1-o‘rin: Shohjahon Sobirov — NamMQI talabasi
2-o‘rin: Qudratbek Mahammadjonov — FarPI talabasi
3-o‘rin: Behzod Shuhratov — Inha instituti talabasi

Yilning eng faol sportchi talabasi:
1-o‘rin: Nodirbek Yakubboyev — O‘zMU talabasi
2-o‘rin: Adhamjon Ergashev — NamDU talabasi
3-o‘rin: Samandar Bobonazarov — TDYu talabasi

Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1-o‘rin: Rohilaxon Nuriddinova — ADU talabasi
2-o‘rin: Yangiljon Saburova — MRDI talabasi
3-o‘rin: Shamshoda Sharopova — TTA talabasi

Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1-o‘rin: Dilafro‘z Oblaqulova — QQDU talabasi
2-o‘rin: Shahrizod Shodiyev — SamDU talabasi
3-o‘rin: Feruza Abdukarimova — O‘zMMSI talabasi

Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1-o‘rin: Nilufar Omonova — SamDU talabasi
2-o‘rin: Shahlo G‘ulomova — TTA talabasi
3-o‘rin: Mahbuba Shonazarova — TTA UF talabasi