“Yilning eng faol jurnalisti” viloyat tanlovida qatnashing!
Samarqand viloyati hokimligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi “Yilning eng faol jurnalisti” an’anaviy viloyat tanlovini e’lon qiladi.
Unda televideniye, radio, internet, bosma nashrlar va fotojurnalistika yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlar qabul qilinadi.
Tanlov talablari quyidagicha:
– viloyatimizda amalga oshirilayotgan ulkan yaratuvchanlik ishlari hamda yil dasturlari bilan bog‘liq jarayonlarni keng yoritib borish;
– yoritilayotgan mavzuga chuqur yondashish, haqqoniy tahlil qilish, mustaqil jurnalistik fikr yuritish va jamoatchilik fikrini uyg‘otishga intilish;
– Vatan, xalq, jamiyat manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz siymosini yaratish.
Tanlovga quyidagi hujjatlarni yuborishingiz talab etiladi:
- muallifning pasporti nusxasi;
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (ob’yektivka);
- muallifning ijodiy va ijtimoiy faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositasi rahbarining tavsiyanomasi;
- muallifning manzili va aloqa telefonlari;
- ijodiy ishlarining skaner va elektron nusxasi (televideniye va radio bo‘yicha ko‘rsatuv va eshittirishlar diskda).
Tanlovga 2021 yil 1 iyunidan 2022 yilning 1 iyunga qadar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ijodiy ishlar joriy yilning 15 iyunigacha tahririyatlar tavsiyasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi (Samarqand shahri, Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy. Viloyat Matbuot uyi)ga yuborilishi lozim.
G‘oliblar 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida e’lon qilinadi.
Murojaat uchun: Tel.: 66-233-91-69, 66-233-91-51 (93-339-99-84 telegramm raqami).