Yirik firibgarlikda ayblangan ikki shaxs Interpol hamkorligida Koreyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
Yaqinda Seul shahrida O‘zbekistondagi Interpol MMB, Toshkent viloyati IIB va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Seulda xizmat safarida bo‘lgan O‘zbekistonning Interpol MMB va Toshkent viloyati IIB xodimlari Janubiy Koreya MMB bilan hamkorlikda Interpol kanallari tomonidan katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosi 1957 yilda tug‘ilgan J.N. qo‘lga olingan.
J.N. 2016 yilda fuqarolarimiz ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan Toshkent shahridan ko‘chmas mulk xaridida yordam berishini va’da qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Bugungi kunda hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala shaxs ham qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga topshirildi va endi ular qilmishlari uchun sudda javob beradi.v