Yirik miqdorda narkotik modda va psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasi aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida Samarqand shahridagi “Cho‘ponota” YPX maskani hududida Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashovchi A.B. va K.D.lar qariyb 1 kilogramm “gashish” narkotik moddasi bilan qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan yana bir tadbirda esa Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi A.B. hamda M.R.lar 4.892 dona “Regapen” psixotrop dori vositalarini mahalliy fuqaroga 7.900 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.