Yo‘l harakati qatnashchilari diqqatiga!

Hurmatli haydovchilar!

Shu kunlarda respublikamiz hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa haydovchilar uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarib, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shularni inobatga olib, Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa dovon yo‘llarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz  transport vositalaridan foydalanmasliklarini, zarurat bo‘lmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, shu bilan birga piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushyor bo‘lishlarini, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini so‘raydi.

Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati.