Yo‘l-transport hodisasi: 2 oyda 36 ta o‘lim

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 2 oyida viloyat bo‘yicha jami 106 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 8 taga (98-106) ko‘paygan.

O‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari esa 44 foizga yoki 11 taga (25-36) oshgan. Bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalar soni 5 taga (18-13), ularda tan jarohati olgan bolalar soni 6 taga (16-10) kamaygan.

Tahlillarga ko‘ra, sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining 50 tasi piyodalarni urib yuborish, 25 tasi to‘qnashuv, 9 tasi velosipedchini urib yuborish, 9 tasi biror to‘siqqa borib urilish, 8 tasi ag‘darilish bilan bog‘liq.

Eng ko‘p YTH soat 16:00 dan 23:59 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir bo‘lgan - 42 ta.