Yo‘l-transport hodisasi 5 nafar insonning halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi

Bugun,  1 fevral kuni soat 08:00 larda “Zarbdor-Guliston” avtomobil yo‘lining 1-kilometrida, Guliston ko‘chasidagi “Bolalar sport majmuasi” qarshisida, Guliston shahrida yashovchi Sh.B. ishonch qog‘ozi bilan otasi A.M.ga tegishli “Kobalt” rusumli avtomobilni boshqarayotib, belgilangan tezlikni me’yoridan oshirib harakatlangani sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqdan oshib o‘tgan. Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, Boyovut tumanida yashovchi S.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

“Damas” avtomobili haydovchisi S.M. va yo‘lovchilar Sh.A., D.E., S.M.lar voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yana bir yo‘lovchi A.M. kasalxonada vafot etgan.

“Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi Sh.E. va yo‘lovchilari S.M. va J.E.lar olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga yotqizilgan.

Hurmatli haydovchilar, yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, belgilangan tezlik talablariga rioya qilishlaringizni so‘raymiz. Shundagina ko‘zlagan manzilingizga, oilangiz bag‘riga eson-omon yetib olasiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.