Yollanib ishlagan xonadonidan 53 mingga yaqin dollarni o‘g‘irlagan ayol qo‘lga olindi
- 11.07.2019 13:20
- 155
- Jinoyat va jazo
Joriy yilning 28 iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi 35 yoshli Sh.E. IIBga murojaat qilib, shu yil fevral oyidan 27 iyun kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyidagi 52800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.E.ning uyida yollanib ishlagan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi 30 yoshli U.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
jinoyat