Yong‘indan so‘ng Bog‘izog‘ondagi shikastlangan yirik transformator almashtirilmoqda
- 12.12.2022 10:54
- 69
- Samarqand
Kecha, 11 dekabr kuni soat 20:20 atrofida Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” podstansiyasidagi transformatorda yuklamalarning ortishi oqibatida yong‘in yuzaga kelgandi.
Kechasi mazkur yong‘in to‘liq bartaraf etildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali xabariga ko‘ra, hozirda shikastlangan 16000 kilovolt (kV) transformator o‘rniga 20000 kilovolt (kV) transformator keltirilib, o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
“Ayni damda mazkur transformator punktidan elektr energiyasi bilan ta’minlanuvchi Jumabozor (Saribozor, Xo‘jaqishloq, Jalolobod), Galabotir, Elipok, Taraqqiyot, Zarafshon, Yastepa, Eski Juma, Qo‘shchinor mahallalarida, Urgut tumanidagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi Samarqand HET xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Topganimiz to‘yga buyurishi shart emas
- 1 soat avval
- Mutolaa
Insonning eng sermahsul davri qachon?
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!
2026 yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori
- 2 soat avval
- Dolzarb
Jahon aholisi: kishini o‘ylantiradigan raqamlar
- 2 soat avval
- Xorij