Yorqin g‘oyalari boshqalar tomonidan dastlab bema’ni deb topilgan olimlar

Ilmiy haqiqatni boshqalardan oldin ko‘ra olish ba’zan qiyin sinovlardan o‘tish bilan teng. Ko‘plar o‘rnatilgan nazariyalarga yopishib olib, yangilarini qayta ko‘rib chiqish zarurligini rad etadi. Tarixda jamiyat novatorni uning taxminlari noto‘g‘riligiga ishontirib qo‘ya qolmasdan, olimlarni masxara qilib, ularni aqldan ozgan deb e’lon qilgan holatlar ham ko‘p bo‘lgan.

O‘z g‘oyasini himoya qilishdan qo‘rqmagan, g‘oyalarni ilgari surishga jurat etgan bu odamlar tufayli endilikda biz kosmosga uchamiz, vabo va singani davolaymiz.

Jozef Lister

Britaniyalik shifokor va olim, antiseptik jarrohlikning kashshofi birinchi bo‘lib mikroskopik organizmlar operatsiyadan keyingi infeksiyani keltirib chiqarishi va operatsiyadan oldin qo‘llarni yuvish, asboblar va bemor terisini dezinfeksiya qilishni taklif qildi. Listerning zamondoshlari uni masxara qilishdi, nufuzli tibbiyot jurnallaridan biri The Lancet  shifokorlarni uning g‘oyalariga ehtiyotkorlik bilan qarashga chaqirdi.

Jon Snou

XIX asrda yashagan ingliz shifokori Jon Snou o‘sha paytda hukmronlik qilgan vabo kabi kasalliklar yomon havo”dan kelib chiqishi nazariyasiga shubha bilan qaragan. U infeksiya manbai ifloslangan suv ekanligini isbotlab, statistik ma’lumotlarni to‘plagan. Tanqidchilar uning nazariyasiga keskin qarshi chiqishgan, biroq 30 yil o‘tgach, ular Snou g‘oyasini epidemiologik kasalliklarni davolashdagi asosli haqiqat sifatida gapira boshlagan.

Ignats Filipp Zemmelveys

Vengriyalik shifokor Ignats Zyemmelveys doyalar ishlaydigan tug‘ruqxonalardagi o‘lim ko‘rsatkichi shifokorlar qatnashadiganlar tug‘ruqlarga qaraganda pastroq bo‘lganini aniqlagan. U shifokorlarning qo‘llarini maxsus eritma bilan yuvishga chaqirdi, biroq “janobning qo‘llari tabiatan pokiza” deb hisoblaydigan hamkasblari tomonidan masxara qilingan. Asabiy holatga tushgan Zemmelveys ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natilgan va u yerda vafot etgan. Keyinchalik u “onalar qutqaruvchisi” sifatida tarixga kirgan.

 Barbara Mak-Klintok

Fiziologiya va tibbiyot sohasida Mobil genetik elementlarni kashf etgani uchun Barbara Klintok Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Lekin ilmiy jamoatchilik dastlab uning “sakraydigan genlarmavjudligi to‘g‘risidagi bayonotini bid’at sifatida qabul qilgan edi. Barbara keyinchalik bu haqda Ular meni miyasi aynigan ahmoq, mutlaqo aqldan ozgan ayol, deb o‘ylardi”, deb eslagan.

Jon Yudkin

O‘tgan asrning o‘rtalarida diyetolog, Sof, oppoq qirg‘in quroli" kitobi muallifi Jon Yudkin mashhur e’tiqodga qaramasdan, yog‘dan ko‘ra shakarni iste’mol qilish semirish, diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishini ta’kidladi. Bu ogohlantirishlar jiddiy qabul qilinmagan, professorning mavqei hamkasblari tomonidan yo‘qqa chiqarilgan, faqat Yudkin o‘limidan keyingina bu nazariya tasdiqlangan.

Robert X. Goddard

Koinot asriga asos solgan insonning ishi nafaqat olimlar, balki jurnalistlar tomonidan ham masxara qilingan. O‘shanda The New York Timesbutun bir maqolada olimning raketalar kosmosda uchishi mumkinligi haqidagi taxminini masxara qilgan. Deyarli yarim asr o‘tgach Apollon 11uchirilganidan so‘ng o‘sha gazetada xatolaridan afsusda ekanliklari haqidagi maqola chop etilgan.

Georg Kantor

To‘plamlar nazariyasi” (matematikada umumiy xususiyatga ega ixtiyoriy xarakterdagi elementlar to‘plami) ni yaratgan nemis matematigi ham qattiq tanqid qilingan. U ilmiy lo‘ttiboz, nazariya esa - zararli va kulgili deb qabul qilingan. Olim umidsizlikdan tushkunlikka tushgan. Taxminan 40 yil o‘tgach, London Qirollik jamiyati Kantorni matematik tadqiqotlar uchun beriladigan eng yuqori mukofot - Silvestr medali bilan taqdirlagan. XIX–XX asrlarning eng nufuzli matematiklaridan biri Devid Gilbert bu holat to‘g‘risida “Hyech kim bizni Kantor tomonidan yaratilgan jannatdan quvib chiqara olmaydi...”, deb aytgan edi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.