Hech narsaga qaramay tirik qolish...

Bu omadli odamlarning qissalari mo‘’jizani eslatadi. Ular turli halokatlardan omon qoldi: cho‘kib ketgan kemada uch kun jon saqlab, hatto o‘qqa tutilgandan keyin ham uylariga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
Og‘ir jarohatlar va g‘ayriinsoniy sharoitlarga qaramay, ular inson omon qolish uchun ko‘p sinovlarga dosh berishiga qodir ekanligini yana bir bor isbotlab bergan.
Venseslao Moguel: o‘lim jazosidan keyingi hayot
Meksika inqilobi paytida isyonchilar tomonida jang qilgan talaba Venseslao Moguel 1915 yilning mart oyida hibsga olindi va sudsiz o‘limga hukm qilindi. Askarlar inqilobchini devorga suyab, unga qarata to‘qqiz marta o‘q uzishdi, uning o‘lganiga ishonch hosil qilib chiqib ketishdi. Hech qanday shubha yo‘q edi, chunki jallodlardan biri Venseslaoning boshiga nazorat o‘qini ham uzgan edi.
Qatl qilingan yigit nafaqat omon qoldi, balki uch kvartal masofa o‘rmalab yurib o‘tib, o‘rtoqlari oldiga yetib oldi. U yerda unga yordam ko‘rsatildi. O‘tgan asrning 30-yillarda dunyo yuzidagi chuqur yara izlari va buzilgan jag‘i bilan tirik qolgan yigitning mo‘’jizaviy qutqarilishi haqida bilib oldi.
Bundan tashqari, Venseslao mashhur teleko‘rsatuvlar mehmoni bo‘ldi. 1937 yilda olingan mashhur fotosuratda u Amerikaning “Ripli ishonadimi yoki yo‘qmi!” radio-shousining boshlovchisi Robert Ripliga intervyu beryapti.
Anjela Ernandes: 60 metrlik qoyadan qulash
Amerikalik Anjela Ernandes singlisini ko‘rish uchun Los-Anjelesga ketayotgan edi. U aloqaga chiqmay qolganida, oilasi xavotirga tushdi. Aniqlanishicha, qiz yo‘l ustiga otilib chiqqan quyonni urmaslikka uringanida mashina boshqaruvini yo‘qotgan ekan. Mashina 60 metrlik qoyadan qum qirg‘og‘i ustiga qulab tushdi va 23 yoshli Anjela omon qoldi.
Miyadagi qon quyilish, qovurg‘alar, o‘mrov suyagining sinishi va o‘pka faoliyatining susayishiga qaramay, u kabinadan chiqib olib, bir hafta davomida Tinch okeanining cho‘l qirg‘og‘ida omon qolish uchun harakat qildi.
“Tanamdagi barcha suyaklar og‘rir edi”, - eslaydi qiz. Qutqarilishini kutayotib, u radiator shlangi bilan yomg‘ir suvini yig‘di, chalg‘imaslik uchun sevimli qo‘shiqlarini kuylar va uy ovqati haqida orzu qilardi.
Bu vaqt davomida Anjela Ernandes yuqoridan o‘tib ketayotgan mashinalarni kuzatar, ammo haydovchilar uni ko‘rmasdan o‘tib ketaverar edi. Nihoyat, mashinasi qoldiqlarini ko‘rib qolgan bir necha serfingchilar uni topib oldi va darhol qutqaruvchilarni chaqirdi. “O‘shanda hayotimda baxtli bo‘lish uchun hamma narsam borligini anglab yetdim”, deb yozgan edi Anjela kasalxonada.
Xarrison Okene: Cho‘kib ketgan kemada uch kun
2013 yilning 26 may kuni tongda kemasi cho‘kib ketayotgan paytda kema oshpazi Xarrison Okene dushxonada edi. Voqea Nigeriya qirg‘oqlaridan 30 kilometr uzoqlikda sodir bo‘ldi, o‘sha kunlardagi kuchli bo‘ron tufayli g‘avvoslar uch kun davomida cho‘kib ketgan kemaga tusha olishmadi. Ular hatto shoshib ham o‘tirmadi, negaki, tirik qolganlar topilishiga ko‘zi yetmasdi. Biroq, Xarrison Okene jon saqladi.
U kemaning yarim suv bosgan qorong‘u koridorlaridan yugurib o‘tib, havo cho‘ntagi hosil bo‘lgan, suv yetib bormaydigan xonalardan birida panoh topdi.
Erkak suv ustida qolish uchun qo‘liga tushgan materiallardan kichik sol yasadi. U ichimlik suvi va havo yetishmasligidan yoki sovib ketishdan halok bo‘lishi mumkin edi. Oshpazning yonida faqat birquti gazlangan suv bor edi va shu davr davomida u beligacha sovuq suvda turdi.
Bundan tashqari, o‘lgan ekipaj a’zolarining hidi yirtqich baliqlarni jalb qilardi. Xarrison jasadlarni olib chiqish uchun kelgan qutqaruvchilarning birini qo‘lidan ushlab olganida, uning hayratda qolganini tasavvur qila olasizmi? Shu tariqa oshpaz qutqarilib, ushbu ta’sirli uchrashuv lahzasi videoga olindi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.