Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yosh kurashchilarimiz Turkiyadagi zilzila o‘chog‘idan olib chiqildi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyaning Qahramonmarash shahrida 3-6 fevral kunlari o‘tishi belgilangan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan edi. Biroq mazkur hudud ayni paytda epitsentr markaziga aylanib qoldi.

Shu munosabat bilan, musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi.

O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi ko‘magi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yo‘l olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi.