Yosh o‘t o‘chiruvchilar qasamyod qildi
- 10.03.2019 17:23
- 196
- Samarqand
Samarqand shahridagi IIV YoXBB ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazida tinglovchilarning qasamyod qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat IIB yong‘in xavfsizlik boshqarmasi vakillari, soha faxriylari, tinglovchilarning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tantanali tadbirda markaz boshlig‘i Q.Ergashev va boshqalar so‘zga chiqib, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdek olijanob vazifalarni a’lo darajada bajarishga ishonch bildirishdi.
Marosimda patrul-post xizmatidan 119 nafar, yong‘in xavfsizlik xizmatidan 93 nafar safdorlar qasamyod qabul qildi.
Tadbirda markaz tinglovchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi, shuningdek, kitob savdosi ham tashkil etildi.
Baxtiyor MUSTANOV.