Yoshlar yetakchilariga Prezident sovg‘asi - sport anjomlari topshirildi
Mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun viloyatdagi 1126 ta mahallaga to‘rt turdagi 10 mingdan ziyod sport jihozlari topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etib, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning o‘tgan yilgi mavsumlarida samarqandlik yoshlar respublikada peshqadam bo‘lganini e’tirof etdi va yoshlar yetakchilariga Prezident sovg‘asi - sport anjomlarini topshirdi.
- Bunday e’tibor yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ular orasida O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqishiga xizmat qiladi, - deydi Kattaqo‘rg‘on shahridagi Amir Temur mahallasi yoshlar yetakchisi Doston Shukrullayev. - Qolaversa, bizni ham o‘z ustimizda ishlashga, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarida faol ishtirok etishga undaydi.