Yoshlar festivali-2021: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tumanlarda
Bugun, 11 iyun kuni Samarqand viloyati hokimligi, Jomboy tumani hokimligi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamkorligida Jomboy tumanida velomarafon tashkillashtirildi.
Unda 150 nafardan ortiq ishtirokchi faol ishtirok etdi.
Marafon natijalariga ko‘ra, Jomboy tumani 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Sardor Mamirov marraga birinchilardan bo‘lib yetib keldi.
Marafon g‘oliblari Jomboy tumani hokimligining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
***
Shuningdek, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori T.Sharipov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilaridan saralangan maxsus ishchi guruh Jomboy tumanidagi 46-maktabda ham bo‘ldi.
U yerda “Ranglar jilosi” rassomchilik ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Tadbir ishtirokchilari bolajonlarning chizgan rasmlariga baho berdi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
***
Jomboy tumani 51-maktabda ayni damda “Zakovat” bellashuvi tashkillashtirilgan va qizg‘in bahs-munozaralarga boy o‘tmoqda. Unda institut iqtisodiyot fakulteti xodimlari, turizm hamda tarmoqlar iqtisodiyoti kafedralari a’zolari nazoratchi sifatida faol ishtirok etmoqda.
***
Jomboy tumani axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning 101 yilligiga bag‘ishlangan “Xalq ardoqlagan adib” nomli adabiy kechada “Kelinlar qo‘zg‘oloni” hamda “Ufq” romanlari asosida 46-maktab o‘quvchilari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.
***
Ayni daqiqalarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti jamoasi va professor-o‘qituvchilari Bulung‘ur tumanidagi 26-MTMda bo‘lib turibdi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi 5 tashabbus doirasida bajarib kelinayotgan ishlar ko‘lami nazorat qilinmoqda.
Xususan, maktabgacha ta’lim muassasasida sport, raqs, IT texnologiyalarni o‘qitish, kitobxonlik to‘garaklari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Jajji bolajonlar tomonidan bayram tadbiri ham namoyish etilmoqda.