Yoz mavsumida Bulung‘ur tumanida 4 ta oromgoh faoliyat ko‘rsatadi

Joriy yilning yoz mavsumida Bulung‘ur tumanida 4 ta oromgoh faoliyat ko‘rsatadi. Tumanda tashkil etilgan oromgohlarning uchtasi kunduzgi va bittasi doimiy oromgoh sifatida tashkil etildi, deb xabar bermoqda Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmati.

2019 yil 10  iyun kuni tumanda  tashkil etilgan bolalar yozgi oromgohlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosida tuman hokimi o‘rinbosari Begzod Ilchiyev ishtirok etdi.

Aslida oromgohlar dam olish maskanlari vazifasini o‘tab qolmasdan, u yerda o‘tkaziladan va olib boriladigan har bir ish bola dunyoqarashini boyitish, ijodiy qobiliyatini shakllantirish, uning har tomonlama ma’naviy kamol topishiga yordam beruvchi asosiy tarbiya manbai bo‘lib xizmat qilishi kerak. Shu maqsadda tashkil etilgan  ushbu bolalar yozgi oromgohlari, bolalar uchun yozgi ta’til kunlarida maroqli xordiq chiqarishlari, yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda jismoniy sog‘lom, ma’nan yetuk komil insonlar bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tumanda Kildon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida doimiy ravishda ishlovchi “Sohibkor” bolalar oromgohi va 35, 36 va 23 umumta’lim maktablarida kunduzgi oromgohlar o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu oromgohlarda yoz mavsumi davomida 850 nafar bolalar dam olish imkoniyatiga ega.

Tashkil etilgan oromgohlarda uch mavsum bolalarni maroqli xordiq chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.