YTH oqibatida 2 yoshli go‘dak hayotdan ko‘z yumdi

Kecha, 27 may kuni soat 09:00 da haydovchi, 22 yoshli N.T. boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida Kitob tumani Iskana qishlog‘ining ichki yo‘lidan harakatlanib kelayotgan vaqtda avtomashinaning old tomonida o‘ynab yurgan voyaga yetmagan 2 yoshli S.M.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Oqibatda voyaga yetmagan S.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.